Vikipediya:Masʼuliyatdan voz kechish

Vikipediya loyihasidagi maʼlumotlar haqiqiy ekanligiga kafolat berilmaydi

Vikipediya — bu internet-ensiklopediya, yaʼni undagi maʼlumotlarni internetga ulangan har kim oʻzgartirishi mumkin. Shuni nazarda tutingki, bu yerda joylashtirilgan maʼlumotlar aniq va ishonchli ekanligiga kafolat berilmaydi, chunki ular soha mutaxassislari tomonidan tekshirib chiqilmagan boʻlishi mumkin.

Vikipediyaga aloqador boʻlgan hech bir shaxs lohiya sahifalarida xato yoki yolgʻon maʼlumotlar paydo boʻlmasligiga masʼul emas.

Agar sizga tibbiyot, huquqshunoslik, moliya sohalari boʻyicha mutaxassis maslahati kerak boʻlsa, iltimos, tegishli litsenziya va bilimga ega professionallarga murojaat qiling.